locale OZ

\"Juventus\" Tudor bilan shartnomani uzaytiradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Juventus" Tudor bilan shartnomani uzaytiradi
Photo: Getty Images

“Juventus“ jamoa bosh murabbiyi Igor Tudor bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Fabrizio Romano xabariga ko'ra, kelishuv 2 yilga mo'ljallangan bo'ladi. Tez orada rasmiy shartnoma imzolanadi.

Shu tariqa, 47 yoshli mutaxassis jamoada 2027 yilning yozigacha ishlaydi. Uning yillik maoshi 2 million yevroni tashkil qiladi.

Tudor Turin jamoasini 2025 yilning mart oyida qabul qilib olgandi. U jamoa bilan ECHL yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Avvalroq Tudor jamoani tark etishi borasida xabarlar tarqalgan edi. Biroq rahbariyat xorvatiyalik mutaxassisni qoldirishga qaror qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting