locale OZ

\"Juventus\" Edersonni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Juventus" Edersonni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
Photo: Getty Images

“Atalanta” yarim himoyachisi Ederson faoliyatini “Juventus”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio xabar berdi.

Manbaga koʻra, “keksa sinyora” asosiy eʼtiborni aynan Edersonga qaratgan. Biroq uning transferi juda qimmatga tushishi mumkin.

Ederson uchun “Juventus” yagona nomzod emas. Braziliyalik futbolchiga Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi ham daʼvogarlik qilmoqda.

Shuningdek, “Juve” “Nyukasl” futbolchisi Sandro Tonali va “Inter” aʼzosi Davide Fratteziga ham qiziqish bildirmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting