Joel Kojo yangi mavsumni “Neftchi”da o'tkazadi
Qirg‘iziston terma jamoasi hujumchisi Joel Kojo mavsum oxirigacha Farg‘onaning “Neftchi” klubida ijara asosida to‘p suradi.
Tomonlar Eronning “Esteghlal” jamoasi bilan muzokaralarni yakunladi. Kojo erta tongdan yangi jamoasi bilan mashg‘ulotlarga qo‘shiladi. Bu haqda sport jurnalisti Qobiljonov xabar berdi.
Xalqaro jurnalist Aleksandr Troitskiyning ta’kidlashicha, “Esteghlal” Kojoni o‘z rejasiga kiritmagan va ijaraga berish niyatida bo‘lgan:
“Hammasi kutilganidek. Men uni “Andijon”da kutgandim, lekin yo‘nalish to‘g‘ri tanlangan. Farg‘ona yaqin joy.Asosan, Kojo “Buxoro”ga ketgan Tabatadzening o‘rnini egallaydi. Lekin “Neftchi”da hujum chizig‘ida raqobat juda kuchli — Marushich va Nimeli ham kelishgan. Shunga qaramay, Kojo Superligada tajribaga ega va o‘zini ko‘rsata oladi, deb o‘ylayman”.