locale OZ

Joel Kojo faoliyatini «Neftchi»da davom ettiradi

Qirg‘iziston terma jamoasi hujumchisi farg‘onaliklar safiga ijaraga o‘tadi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Championat Asia

14 iyul, dushanba kuni, Qirg‘iziston terma jamoasi hujumchisi Joel Kojoning O‘zbekiston Superligasidagi jamoalardan biriga o‘tishi bo‘yicha muzokaralar nihoyasiga yetgani haqida xabarlar tarqaldi. Erishilgan kelishuvga muvofiq, u faoliyatini Farg‘onaning «Neftchi» klubida davom ettiradi. Kojo yaqin kunlarda jamoaga qo‘shilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va rasman tanishtirilishi kutilmoqda.

Ushbu transfer jarayonida boshqa da’vogar jamoa ham bor edi. Qarshining «Nasaf» klubi ham futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan, biroq yakuniy qaror futbolchining farg‘onaliklar taklifini ma’qul ko‘rgani bilan hal bo‘ldi. Manbalarga ko‘ra, «Neftchi»ning shartlari Kojo uchun maqbulroq bo‘lgan.

Futbolchi hozirda Eronning «Esteghlal» klubi bilan amaldagi shartnomaga ega bo‘lgani sababli, mazkur kelishuv ijara asosida amalga oshiriladi. Ijara muddati va sotib olish imkoniyatiga oid tafsilotlar hozircha oshkor qilinmagan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting