locale OZ

Jilardino \"Piza\" bosh murabbiyiga aylandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jilardino "Piza" bosh murabbiyiga aylandi
Photo: Getty Images

Italiyalik sobiq hujumchi Alberto Jilardino "Piza" bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

42 yoshli mutaxassis yana bir yilga avtomatik ravishda uzaytirish imkoni bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Alberto avval "Jenoa"da ishlagan. 2024 yil noyabr oyida iste'foga chiqarilganidan beri ishsiz edi.

Eslatib o'tamiz, "Piza" B seriyada ikkinchi o'rin bilan A seriyaga yo'l oldi. Jamoani so'nggi muvaffaqiyatli mavsumda Filippo Indzagi boshqargan, uning mavsum oralig'idagi yangi ish joyi Sitsiliyaning "Palermo" klubi edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting