Jeymi Vardi A Seriyadagi ilk golini urdi
U sentabr oyi boshida erkin agent sifatida "Kremoneze"ga o'tgan edi.
ФОТО: Getty images
"Kremoneze" hujumchisi Jeymi Vardi Italiya futbolidagi ilk golini urdi.
38 yoshli futbolchi "Atalanta"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 78-daqiqada jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi – 1:0.
Shu tariqa, angliyalik forvard A Seriyadagi ilk golini urishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Jeymi Vardi sentabr oyi boshida erkin agent sifatida "Kremoneze"ga o‘tgan edi. Bungacha futbolchi 13 yil davomida o‘z vatanida "Lester" sharafini himoya qilgan.