locale OZ

Jesa Mabepa Ayessa – «Dinamo» futbolchisiga aylandi

«Dinamo» jamoasi 2026 yilgi mavsum oldidan seleksiya ishlarini davom ettirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jesa Mabepa Ayessa – «Dinamo» futbolchisiga aylandi
photo: Dinamo fk

«Dinamo» jamoasi 2026 yilgi mavsum oldidan seleksiya ishlarini davom ettirmoqda.

"Klub 2026 yilgi yangi mavsum oldidan himoya chizig‘ini ham kuchaytirishni rejalashtirgan. Vadim Abramov boshchiligidagi murabbiylar shtabi taklifiga ko‘ra, «Dinamo» PFK fransiyalik 25 yoshli markaziy himoyachi Jesa Mabape Ayessa bilan bir yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Fransiyalik legioner klubimiz safiga erkin agent sifatida qo‘shiladi.

Kelib chiqish kongolik Jesa Ayessa Fransiya fuqarosi sanalib, o‘tgan yillar davomida «Sosho», «Gyonon», «Romorantin», «Le Pyui», 2025 yilda esa Fransiya 2-divizion vakili «Ayachcho» sharafini himoya qilgan. U ayachcholiklar safida 2024/25 yilgi mavsumda 25 o‘yinda maydonga tushgan.

Ishonamizki, Ayessa o‘z o‘yinlari bilan jamoamiz muxlislarini quvontirib, O‘zbekiston Superligasida ham nom qozona oladi.

«Dinamo» jamoasiga xush kelibsan, Jesa Ayessa!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting