locale OZ

JCH-2030 finali Marokashdagi 115 ming o‘rinli stadionda bo‘lishi mumkin – manba

Marokashda 115 ming o‘ringa mo‘ljallangan dunyodagi eng yirik o‘yingoh barpo etilmoqda.
JCH-2030 finali Marokashdagi 115 ming o‘rinli stadionda bo‘lishi mumkin – manba
photo: gettyimages

JCH-2030 finali Marokashdagi 115 ming o‘rinli stadionda bo‘lishi mumkin – manba

Marokashda 115 ming o‘ringa mo‘ljallangan dunyodagi eng yirik o‘yingoh barpo etilmoqda.

Marokash futbol federatsiyasi rahbari Fauzi Lekja 2030 yilgi jahon chempionatining hal qiluvchi o‘yini qayerda o‘tkazilishi kerakligini aytdi.

Lekjaning aytishicha, final bahsi hozirda qurilish davom etayotgan va 115 ming muxlisni sig‘dira oladigan ulkan stadion qabul qiladi.

«JCH-2030 finalini qabul qilishdek sharaf aynan Bensliman provinsiyasiga beriladi degan umiddaman. Kelgusida hukumat tarkibidan joy oladigan har qanday rahbar oldida faqat bir yo‘l qoladi. Ya’ni, o‘sha hududni jadval rivojlantirishimiz kerak», - dedi Lekja.

115 ming o‘ringa mo‘ljallangan mazkur obyekt qurib bitkazilgach, dunyodagi eng yirik futbol stadioniga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, JCH—2030 bahslarining asosiy qismiga Marokash, Portugaliya va Ispaniya mezbonlik qiladi. Dastlabki mundialning 100 yilligi munosabati bilan musobaqaning uchta o‘yini Janubiy Amerikada — Paragvay, Urugvay va Argentinada bo‘lib o‘tadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting