locale OZ

Jasur Jaloliddinov — \"So‘g‘diyona\" futbolchisi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jasur Jaloliddinov — "So‘g‘diyona" futbolchisi
Photo: SOGDIANA JIZZAKH

Maʼlumki, ayni paytda yozgi transfer oynasi boshlandi. “So‘g‘diyona” ushbu davr mobaynida tarkibni bir nechta tajribali futbolchilar bilan kuchaytirishni maqsad qilgan. Klub matbuot xizmati dastlabki transferni eʼlon qildi.

Bungacha Ozarbayjon chempionatida to‘p surgan iqtidorli yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov bilan "So‘g‘diyona" klubi bir yarim yillik mehnat shartnomasini imzoladi.

Maʼlumot uchun: Jasur Jaloliddinov professional faoliyati davomida quyidagi klublar safida to‘p surgan:
▪️ Bunyodkor
▪️ Lokomotiv Moskva (Rossiya)
▪️ FK Tambov (Rossiya)
▪️ Andijon
▪️ Lokomotiv Toshkent
▪️ Qayrat (Qozog‘iston)
▪️ Olimpik
▪️ Neftchi
▪️ Sumgait (Ozarbayjon)

Shuningdek, Jasur O‘zbekiston U-19, U-21 va U-23 terma jamoalarida 40 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol muallifi bo‘lgan.

Milliy terma jamoa safida esa u ilk o‘yinini 2020 yil 23 fevral kuni Belarusga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (0:1) o‘tkazgan.

Jasur U-23 jamoasi tarkibida 2024 yilgi Osiyo Kubogi finaliga qadar yetib borib, Parij–2024 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting