Ivan Boškovich: «Ob-havo ham o‘yinga ta’sirini o‘tkazdi»
Superliganing 18-turini boshlab bergan "So‘g‘diyona" – "Mash’al" uchrashuvining yakunidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boškovich matbuot anjumanida qatnashdi.
- Bahs shunday o‘tishini kutgandik. Biz raqib zich himoya bilan o‘ynashini bilardik va uni yengib o‘tish bo‘yicha tayyorlangandik. Vaziatlarimizni yaratdik va gollar urdik. Ammo, baribir vaziyatlardan foydalanishda oqsamoqdamiz. Oxirida asabiy o‘yin bo‘lmasligi uchun ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. Raqib ikkinchi golga qadar tezkor qarshi hujumlar orqali to‘p kiritishga harakat qildi va hatto xavfli vaziyatlarni ham yuzaga keltirdi. Ammo, aytishim mumkinki, biz to‘liq 90 daqiqa davomida o‘yinni nazorat qildik. Bunday o‘yinlarni ertaroq va xotirjamroq tugatish kerak. Yigitlarimni tabriklayman. Hali ishlaydigan jihatlarimiz ko‘p. Realizatsiya yaxshiroq holatda bo‘lishi kerak. Gollik vaziyatlar juda ko‘p. Biroq asosiysi – g‘alaba. Jadvalda biroz bo‘lsa-da, ko‘tarildik. Biz hali ham biz kutgan joyda emasmiz. Oldinda o‘yinlar juda ko‘p. Bu yigitlar oxirigacha kurashadi. Jamoam yaxshi futbol namoyish qilmoqda. Yangi futbolchilarni rivojlantiryapmiz. Yangi futbolchilarimdan ko‘p narsani kutyapman. 5 kundan keyin mehmon bo‘lib "Paxtakor" bilan o‘ynaymiz va bu o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Doim g‘alaba uchun kurashamiz, hozir yaxshi holatdamiz va ortga yo‘l yo‘q. Faqat oldinga!
- Ob-havo bugun o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazdimi? Bahs ertaroq boshlandi.
- Menimcha, ha. Ayrim epizodlardan keyin futbolchilarimning tez charchab qolganini ko‘rdim. Dinamik futbol bizdan biroz qochdi. Shunda ham qo‘limizdan kelgancha dinamik futbol o‘ynashga harakat qildik. Biroq futbolchilarim tez-tez bo‘layotgan o‘yinlardan keyin kichik epizodlarda toliqishni his qilmoqdalar. Ikkinchi bo‘limda biroz salqin tushdi va kattaroq kuch bilan futbol o‘ynadik. Albatta, bu o‘yinga ta’sirini o‘tkazdi", – deya Boškovichning so‘zlaridan keltiradi “Mash’al” matbuot xizmati.