locale OZ

Italiya A seriyasi. Markaziy bahsda Yuventus Roma bilan jangovor durang o'ynadi

8 mart kuni «Roma» safarda «Jenoa» mehmoni bo‘ladi. «Yuventus» esa bir kun avval o‘z maydonida «Piza»ni qabul qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Italiya A seriyasi. Markaziy bahsda Yuventus Roma bilan jangovor durang o'ynadi
photo: gettyimages
Italiya A seriyasi
01.03.2026, Yak.
Roma
3
Yuventus
3

Italiya chempionatining 27-turi doirasida bo‘lib o‘tgan markaziy o‘yinda «Roma» o‘z maydonida «Yuventus» bilan durang o‘ynadi — 3:3.

Mezbonlar tarkibida Uesli Vinisius (39-daqiqada), Evan N'Dika (54-daqiqada) va Doniell Malen (65-daqiqada) gol urishgan bo‘lsa, mehmonlardan Fransishku Konseysau (47-daqiqada), Jeremi Boga (78-daqiqada) va Federiko Gatti (90+3-daqiqada) o‘z ismlarini tabloga yozdirib qo‘yishdi. E’tiborli jihati, 27 yoshli italiyalik himoyachi Gatti 88-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan edi.

«Roma» 27 ta o‘yindan so‘ng 51 ochko jamg‘arib, Italiya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. «Yuventus» esa 27 ta bahsda 47 ochko to‘plagan holda oltinchi pog‘onadan joy olgan.

Keyingi turda, 8 mart kuni «Roma» safarda «Jenoa» mehmoni bo‘ladi. «Yuventus» esa bir kun avval o‘z maydonida «Piza»ni qabul qiladi.

A Seriya. 27-tur
02.03.2026 | 00:45
«Olimpiko», Rim
«ROMA» — «YUVЕNTUS» — 3:3
Gollar: Uesli Vinisius 39' (1:0), Fransishku Konseysau 47' (1:1), Evan N'Dika 54' (2:1), Doniell Malen 65' (3:1), Jeremi Boga 78' (3:2), Federiko Gatti 90+3' (3:3).
«Roma»: Svilar, Manchini, N'Dika, Zeki Chelik, Kristante (Gilardi, 74), Kone, Uesli Vinisius, Rench (El-Aynaui, 74), Pellegrini (Saragosa, 90), Pizilli, Malen.
«Yuventus»: Perin, Bremer (Gatti, 88), Kelli, Kambyaso (Openda, 89), Kalyulyu, Kopmeyners, Tyuram (Miretti, 72), Makkenni, Kenan Yildiz, Konseysau (Jegrova, 72), Devid (Boga, 63).
Ogohlantirish: Uesli Vinisius (27).

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting