locale OZ

Italiano kelajagi borasida bir qarorga keldi

U "Bolonya" klubini boshqarmoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Italiano kelajagi borasida bir qarorga keldi
Photo: Getty Images

Vinchenzo Italiano "Milan" qiziqishiga qaramay "Bolonya"da qolmoqchi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 47 yoshli mutaxassis “rossonerilar” bosh murabbiy lavozimiga asosiy nomzod ekani avvalroq xabar qilingandi.

Shunga qaramay, Italiano o'zining hozirgi klubida qolishni istaydi va shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarga tayyor. U klub rahbariyati bilan sport va moliyaviy masalalarda kelishmovchilik bo'lsa, ketishga tayyor bo'ladi.

Qayd etilishicha, italiyalik ushbu mavsumda ishonch uchun minnatdorchilik belgisi sifatida “Bolonya” bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting