locale OZ

Inzagi ketganidan so'ng “Inter”ni kim boshqarishi mumkinligi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Inzagi ketganidan so'ng “Inter”ni kim boshqarishi mumkinligi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

“Inter” klubi bosh murabbiyi Simone Inzagi tez orada jamoani tark etadi va faoliyatini “Al-Hilol”da davom ettiradi.

Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, “Komo”ni boshqarayotgan ispaniyalik mutaxassis Sesk Fabregas va “Marsel” bosh murabbiyi Roberto De Zerbi Inzagi ketganidan so'ng “Inter”ga tayinlanishi mumkin.

Manbaga ko'ra, bugun tomonlar o'rtasida muzokaralar boshlanadi. Ta'kidlanishicha, “neradzurrilar”ga boshqa mutaxassislar nomzodi ham taklif qilinadi. Biroq Fabregas va De Zerbi asosiy variant hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, Inzagi 2021-yildan buyon “Inter”ni boshqarib kelmoqda. Bu davr ichida u bir marta A Seriya chempioni bo'ldi, ikki marta Italiya Kubogida zafar quchdi va uch marta mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting