locale OZ

“Inter” so'nggi 13 yillikdagi eng yomon natijasini qayd etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Inter” so'nggi 13 yillikdagi eng yomon natijasini qayd etdi
FOTO: Getty Images

Italiya A Seriyasining 34-turida “Inter” o'z maydonida “Roma”ga imkoniyatni boy berib qo'ydi (0:1). Shu tariqa, “neradzurrilar” so'nggi uchta o'yinning barchasida mag'lubiyatga uchradi.

Avvalroq, Simone Inzagi shogirdlari Italiya Kubogida “Milan”ga (0:3), ichki chempionatda esa “Bolonya”ga mag'lub bo'lgandi (0:1).

Opta nashrining xabariga ko'ra, “Inter” 2012-yilning fevralidan beri birinchi marta ketma-ket uchta o'yinda mag'lub bo'ldi va raqiblar darvozasiga yo'l topa olmadi.

Ma'lumot uchun, Italiya A Seriyasining 34-turidan so'ng “Napoli” turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Inter” esa 3 ochko kam to'plab, ikkinchi o'rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting