locale OZ

“Inter” Luis Anrike bilan prinspial kelishuvga erishdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Inter” Luis Anrike bilan prinspial kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

Milanning “Inter” klubi “Marsel” vingeri Luis Anrikeni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, tomonlar 2030-yilga qadar mo'ljallangan va yiligi 2,5 million yevro maoshlik uzoq muddatli shartnoma borasida prinspial kelishuvga erishgan.

Qayd etilishicha, “Inter” endi shartnomani to'liq yakunlash uchun “Marsel” bilan transfer narxini kelishib olishi kerak.

Ma'lumot uchun, Luis Anrike 2020-yildan buyon “Marsel” safida o'ynab kelmoqda. Uning Transfermarkt'dagi narxi 18 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting