locale OZ

“Inter” Jonatan Davidga taklif bilan chiqdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Inter” Jonatan Davidga taklif bilan chiqdi
FOTO: Getty Images

“Inter” joriy mavsum oxirida “Lill”ni tark etishi kutilayotgan 25 yoshli hujumchi Jonatan Davidga taklif bilan chiqdi. Bu haqda La Gazzette dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, kanadalik futbolchi har mavsum uchun 5 million yevro maosh olmoqchi. Neradzurrilar esa hujumchiga kamroq maosh taklif qilmoqda.

Shuningdek, Davidga “Real”, “Barselona”, “Liverpul”, “Chelsi”, “Napoli” va “Bavariya” ham qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, David joriy mavsum barcha turnirlarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting