\"Inter\" \"Barselona\"ga qarshi bahs oldidan yo'qotishga uchradi
Photo: gettyimages
Italiya A seriyasi
27.04.2025, Yak.
Inter
0
Roma
1
Italiya chempionatining 34-turining markaziy o‘yinida “Inter” o‘z maydonida “Roma”ga yutqazib qo‘ydi. “Inter” muhlislari uchun nohush yana bir xabar bor.
Gap shundaki “Roma”ga qarshi kechgan o'yinning 11 daqiqasida Benjamin Povard oyog'ini nato'g'ri qo'yishi oqibatida to'pig'idan jarohat oldi. Futbolchiga tez tibbiy yordam ko'rsatilgandan keyin, u yana maydonda o'ynashga qaror qildi, ammo oradan ikki daqiqa o'tib barbir uchrashuvni davom ettira olmasligi ma'lum bo'ldi.

“Barselona”ga qarshi chempionlar ligasi yarim finali birinchi bahsiga ham oz vaqt qolmoqda. Agar futbolchining jarohati jiddiy bo'lib chiqsa Inzagi oldida muammo paydo bo'ladi va Povardning o'rniga Bessekdan foydalanib ko'rishiga majbur bo'ladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor