locale OZ

«Inter» Akanji bo‘yicha qaror qabul qildi

Futbolchi "Manchester Siti"da uch yil davomida o‘ynagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter» Akanji bo‘yicha qaror qabul qildi
ФОТО: Getty images

"Inter" klubi "Manchester Siti"dan markaziy himoyachi Manuel Akanjini sotib olmoqchi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "neradzurrilar" 30 yoshli shveysariyalik futbolchini ma’lum shartlar asosida avtomatik ravishda kuchga kiradigan sotib olish majburiyati bilan ijaraga oldi.

Transfer A Seriya grandiga 15 mln yevroga tushadi. Buning ichida bonuslar ham bo‘lishi mumkin.

O‘z navbatida “Siti” ham Akanjini sotib yuborishga tayyor.

Manuel Akanji Kristian Kivu jamoasi safida barcha musobaqalarda to‘rtta o‘yin o‘tkazishga ulgurgan. Futbolchi "Manchester Siti"da uch yil davomida o‘ynagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting