Insayd. Jasur Jaloliddinov \"So‘g‘diyona\"ga o‘tmoqda
FOTO: Instagram
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov yurtimizga qaytmoqda.
Sports24.uz nashri xabariga ko‘ra, Jaloliddinov ikkinchi davrani Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubida boshlaydi. Yarim himoyachi bunga qadar Ozarbayjonning "Sumqayit" klubi sharafini himoya qilayotgan edi. Bu klub safida jami 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ayni paytda futbolchi transfermarkt portalida 700 ming yevroga baholanmoqda.
Farhod Fayziyev
Ekspert