locale OZ

Indzagi: \"Inter\"da \"PSJ\" yoki \"Siti\"ning byudjeti yo‘q, lekin biz hamma bilan kurasha olamiz\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Indzagi: "Inter"da "PSJ" yoki "Siti"ning byudjeti yo‘q, lekin biz hamma bilan kurasha olamiz"
Photo: Getty Images

“Inter” bosh murabbiyi Simeone Indzagi jamoasining bu mavsumdagi imkoniyatlari haqida gapirdi.

"Uzoq va og‘ir mavsumdan so‘ng yigitlarga biroz dam berishim kerak. Bugun maydonga tushmagan futbolchilarga kelsak, "Latsio"dagi o‘yinda ularning birortasini qaytarib olamiz deb o‘ylamayman.

Biz xotirjamlik va xursandchilik bilan mashg‘ulot o‘tkazishimiz kerak, chunki tashvishlanish hech narsaga olib kelmaydi. Odamlar “Inter”ning tarkibi kichik, deyishadi, lekin bizda “PSJ”, “Manchester Siti” yoki “Bavariya”ning byudjeti yo‘q, shuning uchun biz tashkiliy jihatdan yaxshiroq bo‘lishimiz kerak. "Bunday yurak bilan biz hammaga qarshi kurasha olamiz", - deya Indzagi so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting