locale OZ

Immobile “Bolonya” futbolchisiga aylandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Immobile “Bolonya” futbolchisiga aylandi
Photo: Getty Images

Chiro Immobile "Bolonya"ga erkin agent sifatida qo‘shildi.

35 yoshli italiyalik hujumchi "Beshiktosh" bilan shartnomasini bekor qildi. Chiro turkiyaliklar safida bir mavsum to‘p surdi.

Jurnalist Leonardo Boselloning yozishicha, Immobile 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzolagan.

Futbolchi bir mavsumda 1,8 million yevro va bonuslar qo‘shib oladi, umumiy summasi 2 milliondan oshadi.

“Bolonya” tez orada Federiko Bernardeski transferini ham e'lon qilishi kutilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting