locale OZ

Immobile A Seriyaga qaytishga qaror qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Immobile A Seriyaga qaytishga qaror qildi
Photo: Getty Images

"Beshiktosh" hujumchisi Ciro Immobile faoliyatini A Seriyada davom ettirishga qaror qildi.

Insayder Nikola Skiraning xabariga ko‘ra, 35 yoshli futbolchiga "Bolonya" qiziqish bildirmoqda. U o‘z vatanida o‘ynashni davom ettirmoqchi va allaqachon "rossonblu"ga taklifni qabul qilishga tayyorligini bildirgan.

Biroq maosh masalasi muammo bo‘lishi mumkin. Ayni damda Immobile yiliga 6 mln yevro atrofida maosh oladi, "Bolonya" esa undan uch barobar kam taklif qilmoqda.

Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda. Yaqin kunlarda kelishuvga erishilishi kutilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting