locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Ilyos Zeytullayev: \"Muxlislar stadionda ajoyib muhitni tashkil qilishdi\"

Futbol 06 iyl 2025 da 02:15
Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Ilyos Zeytullayev: "Muxlislar stadionda ajoyib muhitni tashkil qilishdi"
Photo: Andijan PFK

“Andijon” – “Bunyodkor” (0:2) o‘yinidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Ilyos Zeytullayev ishtirok etdi.

- Bizni yaxshi kutib olishgani va ajoyib muhit yaratishgani uchun “Andijon” jamoasi hamda uning muxlislariga minnatdorchiligimni bildiraman. O‘tgan yili ham bu yerga kelgandim. Bu yil ham keldim. Stadionda ajoyib futbol spektakli va muhitni tashkil qilishdi. O‘yinga kelsak, bu g‘alabada “Bunyodkor” klubi tizimida ishlayotgan barchaning o‘z hissasi bor. Bazamizdagi barcha ishchi-xodimlarga ushbu g‘alabani bag‘ishlaymiz.

- Temurxo‘ja Abduholiqov nega asosiy tarkibdan emas, zaxiradan maydonga tushdi?

- U boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishi kerak edi. Ammo futbolchida katta bo‘lmagan muammo bor edi. Shu bois shifokorlar bilan kelishilgan holda uni zaxirada qoldirdik. Luis Kachorri yaxshi o‘yinchi ekanligini isbotladi. To‘purarlar borasida O‘zbekistondagi boshqa hujumchilar bilan raqobatlashyapti. O‘z o‘rnida men Abduholiqovdan ham xursandman. Bizda yaxshi jamoa shakllangan, sifatli futbolchilarimiz bor. Kim maydonga tushsa, yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. Birinchi davra tugadi, endi biroz dam olamiz. Keyin ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Luis Kachorrining shartnomasi yakunlandi. U bilan shartnoma uzaytiriladimi?

- Men murabbiyman. Maslahat berishim mumkin, ammo jamoamiz rahbariyati bor. Ko‘p narsa ularga ham bog‘liq. Sport direktorimiz ham bu masalada aniqlik kiritib oladi, deb o‘ylayman. Shartnomalar, transferlar bilan rahbariyat shug‘ullanadi.

- Aziz Amonov nega maydonga kam tushirilyapti?

- Amonov shunday futbolchiki, mashg‘ulotlarda yaxshi ishlaydi. Hattoki, terma jamoada ham o‘ynagan. Hayotda shunday vaziyatlar bo‘ladiki, yo‘lini topib olish uchun ba’zida qandaydir muddat ham talab qilinadi. Shu bois ayta olamanki, jamoamiz bilan unga yordam qo‘lini cho‘zayapmiz. O‘ylaymanki, uning ajoyib tarixi va yaxshi holati bilan u pozitiv o‘yinchi. Maydonga tushirsam u albatta yaxshi o‘yin ko‘rsatadi. Azizda yaxshi insoniylik omillari bor va tezda yana o‘z darajasiga qaytadi.

- “Bunyodkor” o‘z uyidan ko‘ra safarda yaxshiroq o‘yin ko‘rsatyapti. Buning sababi nimada? Raqibni qanchalik o‘rgandingiz?

- O‘ylaymanki, o‘z uyimizda o‘ynagan paytlarimizda qiyin o‘yinlar bo‘lgandi. Ba’zida uyimizda xuddi, yomon o‘ynayotgandek tuyulishi mumkin. “Neftchi”, “Surxon”, “Buxoro” kabi klublarga qarshi yaxshi o‘ynadik. Uyda yomon o‘ynab, safarda yaxshi o‘ynadik, degan faktorni bunga bog‘lamayman. Qandaydir o‘tish davri bo‘lgandi. Xudoga shukr, uyda ham, safarda ham bir xil o‘ynashga harakat qilyapmiz. Maydonda 11 nafar futbolchi to‘p suradi va biz doim yaxshi o‘ynashga harakat qilamiz. O‘yinlarimiz orqali muxlislarimizni xursand qilishda davom etamiz.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting