locale OZ

Ilyos Zeytullayev: “Biz jamoa sifatida kuchlimiz!”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ilyos Zeytullayev: “Biz jamoa sifatida kuchlimiz!”
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
10.05.2025, Yak.
Nasaf Qarshi
2
Bunyodkor
2

Superliganing 9-turidan o‘rin olgan “Nasaf” - “Bunyodkor” uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ilyos Zeytullayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Futbolchilarimga rahmat! Biz qiyin haftani boshimizdan o‘tkazdik. Shunday bo‘lsa-da, barcha birdamlikni saqlab qoldi. Bugun qiyin holatdan chiqib ketdik va futbol o‘ynay olishimizni ko‘rsatdik. Yaxshi hujum qildik, kuchli himoyalandik. Biz jamoa sifatida kuchlimiz. “Nasaf” amaldagi chempion. Ular ayni damda O‘zbekistondagi eng kuchli jamoa.

Qarshida, yana “Nasaf”ga qarshi o‘yinda hech qaysi jamoada ko‘p vaziyat bo‘lmaydi. Amaldagi chempionga qarshi o‘yin qiyin bo‘lishini bilgandik. Natija adolatli bo‘ldi. Ha, balki raqib ko‘proq vaziyatlarga ega bo‘lgandir? Biroq bu - futbol va u so‘nggi daqiqagacha davom etadi. Hatto so‘nggi soniyalarda jamoalar mag‘lubiyatga uchramoqda. Oxirgi yillarda O‘zbekistonda futbol rivojlanayotganini ko‘rib turibman. Agarda yana bir qancha jihatlar to‘g‘irlansa bu chempionat superchempionatga aylanadi",-deydi mutaxassis

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting