locale OZ

Ibrohim Yoʻldoshev: «Andijon” aʼzosi ekanligimdan xursandman»

Yoʻldoshev ilk bor “Andijon” matbuot xizmatiga intervyu berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ibrohim Yoʻldoshev: «Andijon” aʼzosi ekanligimdan xursandman»
Фото: Андижон ПФК

Qishki seleksiya jarayonida “Burgutlar” safiga qoʻshilgan va yangi shartnoma imzolagan futbolchilar orasida Ibrohim Yoʻldoshev ham bor. 26 yoshli iqtidorli himoyachi bor eʼtiborini “Andijon” bilan muvaffaqiyatlarga erishishga qaratgan. Yoʻldoshev ilk bor “Andijon” matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Ibrohim, "Andijon" klubiga xush kelibsiz. Yangi jamoa tanlovida muzokaralar qanday kechdi?

- Aytarli noodatiy jarayon boʻlmadi. Samvel Vyacheslavovich qoʻngʻiroq qildi. Jamoada koʻrishni istashini bildirdi. Soʻngra Elbek aka aloqaga chiqdi. Koʻrishdik, gaplashdik. Elbek aka jamoaning maqsadlarini aytdi, menga manzur boʻldi. OKMK bilan shartnomam borligi sababli Mirjalol Qoʻshoqovich bilan koʻrishib, xohish va istagimni bildirdim. Kelishgan holda OKMKni tark etdim va “Andijon” bilan shartnoma imzoladim. Alohida taʼkidlab oʻtmoqchimanki, OKMK rahbariyatini shartnomam boʻla turib meni xohish va istagimni inobatga olib, men tomonga yon bosishgani uchun rahmat aytmoqchiman. “Andijon” aʼzosiga aylanganimdan xursandman.

- Bilamizki, ilgari ham Samvel Babayan bilan birga ishlagansiz va yana yoʻllaringiz kesishdi. Babayan bilan ishlashda sizga eng yoqadigan jihati nimada?

- Yuqori ambitsiya va maksimum ishga boʻlgan sadoqat.

- 2025-yil siz uchun nimasi bilan yodda qoldi va 2026-yildagi asosiy vazifangiz qanday?

- Oʻtmish oʻtib ketdi. Kelajak hali kelmadi. Bugun oʻz ishimni sidqidildan bajarib ertangi kunga tayyor boʻlish.

- Yangi mavsumda intriga juda baland boʻlishi kutilmoqda. "Andijon" ham medallar uchun kurashadi. Bu yoʻlda siz ham jamoaning bir boʻlagiga aylanasiz. Shunday ekan, nima kutyapsiz?

- Muxlislar toʻla stadion va har bir gʻalabani ishqibozlarimiz bilan nishonlash. Andijon xalqini xursand qilish. Bular eng muhimi.

- "Burgutlar"ga oʻtishingiz faoliyatingizda nimani oʻzgartiradi, deb oʻylaysiz?

- Hammasi yaxshilikka. Buni ham bir hikmati bor. Boya aytib oʻtganimdek, bugun men “Andijon” jamoasi aʼzosi ekanimdan xursandman.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting