locale OZ

Holand De Bruyne sharafiga banner yaratish uchun “Manchester Siti” muxlislariga 5000 yevro xayriya qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Holand De Bruyne sharafiga banner yaratish uchun “Manchester Siti” muxlislariga 5000 yevro xayriya qildi
FOTO: Getty Images
Angliya kubogi
17.05.2025, Yak.
Kristal Pelas
1
Manchester Siti
0

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand jamoani tark etayotgan Kevin De Bruynega bag'ishlangan banner yaratish uchun klub muxlislariga 5000 yevro xayriya qildi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

“Shaharliklar” muxlislari ushbu bannerni Angliya Kubogi finalidan o'rin olgan “Kristal Pelas”ga qarshi o'yin oldidan ko'rsatishgan.

Eslatib o'tamiz, belgiyalik futbolchi 2015-yildan buyon “Manchester Siti” safida to'p surmoqda. Bu davr ichida u 6 marta Angliya chempioni bo'ldi, 5 marta Angliya Liga Kubogi, 2 marta Angliya Kubogi, 1 martadan Chempionlar Ligasi va klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida bosh sovrinni qo'lga kiritgan.

De Bruyne barcha turnirlar doirasida 420 ta o'yinda maydonga tushib, 108 ta gol va 177 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting