Hatto boylar ham yig'laydi! Sheyxlardan tortib olingan kubok!
“Kristal Pelas” cho'qqida bo'lsa, “Manchester Siti” jarga qulamoqda. O'tgan asrning so'ngi dekadalarida “boylar ham yig'laydi”,-deb nomlangan Meksika seriallari bo'lar edi.

Bugundan boshlab hattoki Londonning kichik mahallalaridan birida ham Angliya kubogi bor. “Kristal Pelas” ushbu sovrinni “Manchester Siti”ning xo'jayinlari bo'lgan qudratli arab sheyxlarining qo'lidan tortib oldi.

“Burgutlar” so'nggi bor 1990 yilgi finalda ham Angliya kubogini yutib olishga harakat qilib ko'rishgan edi, biroq o'sha paytdagi Ser Aleks Fergyusonning daxshatli “Yunayted”iga mag'lub bo'lishgandi.

Bugun o'sha tarix ikkinchi va uchinchi divizondagi yutuqlarni hamda 1985-92 yillar oralig'ida bo'lib o'tgan “Butun a'zolar kubogi”dagi g'alabalarni hisobga olmaganda nihoyat “Kristal pelas” tomonga qarab tabassum qildi.

Ko'pchilik tomonidan final uchrashuvi to'liqligicha “Manchester Siti”niki bo'ladi deb tahmin qilingandi. Bunga yetarlicha sabablar bor edi, masalan Pep Gvardiolani mavsumdagi sovrin yutish uchun so'nggi imkoniyati, borgan sari o'yini pastlab ketayotgan Erling Holandning yana o'ziga bo'lgan ishonchini ortishi, yoki bo'lmasa klub afsonasi bo'lib ulgurgan Kevin De Bryunening ohirgi uchrashuvi kabilarni ko'rsatish mumkin.

Ammo, “Uembli”dagi finalda Oliver Glazner jamoasining mustahkamligi va Eberechi Ezening rang-barangliklari evaziga tahmin qilingan barcha epizodlar “oyog'i osmondan” bo'lib ketdi.

Juda ko'p muhokamalarga sabab bo'layotgan yana bir asosiy vaziyatlardan biri Din Hendersonning aralashuvi bilan bog'liq bo'ldi. “Kristal pelas” darvozaboni o'yinning 25 daqiqasida Norvegiyalik markaziy hujumchining gol urish uchun kelayotganini ko'rgan holda jarima maydonchasi tashqarisida to'pni qo'li bilan o'ynab, qizil kartochka olmasdan jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi. Oradan o'n daqiqa o'tgach Marmushning penaltisini qaytardi.

Ko'plab noroziliklardan so'ng, Ingliz futboli federatsiyasi tomonidan ham vaziyat bo'yicha bayonot berildi va uni sobiq hujumchi Gari Lineker BBC telekanalida rasmiy o'qib berdi.

Eze “Kristal pelas”ning bugungi tarixini yozgan futbolchiga aylandi. Quvvat, yuqori daraja va tajribaga to'la yigitlarga ega jamoa. “Burgutlar” haqiqiy mo'jiza yarata olishdi. Glaznerning tarkibidagi juda ko'p futbolchilarni takidlash mumkin.

Misol uchun himoyachi Lakroixni aytasizmi, yaponiyalik Kamada yoki Granit Mateta..hamma hammasi yaxshi, lekin Eze bugun balki bularning ichida ham eng yaxshisi bo'lishga loyiq, chunki uning goli evaziga tarix yozildi.

Bu o'yinni Ezening karyerasidagi muhim voqea va final qahramoni sifatida eslanadi. U “Selhurst Park”ning yoqimtoyiga aylandi va milliy terma jamoa libosini kiyish sharafiga loyiq ko'rildi. Bu mavsumda Eze barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 13ta gol urdi va 11 ta assist qayd etdi. Futbolchining bahosini 60 million yevro deb aytilmoqda va bugungi finaldan keyin unga ko'plab top jamoalar yanada ko'proq qiziqish bildirishi tabiiy.

Bir necha oylar avval, “Manchester Yunayted” hamda “Tottenxem” kabi jamoalar Ezeni o'z jamoasida ko'rish uchun qiziqish bildirgan edi. Har ikki jamoa ham mavsumni yaxshi o'tkaza olmadi, ammo kim yevropa ligasi finalida g'olib bo'lib, chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritsa, o'sha klubning imkoniyatlari ortadi.

“Manchester Siti”ning kelajagi endi nima bo'ladi? “Shaharliklar” APL chempionligini qo'lga kirita olishmadi. Bugun esa Angliya kubogida ham mag'lub bo'ldi. Haqiqatda murakkab mavsum, ayniqsa bir necha yillar davomida uzluksiz sovrinlarni yutib kelayotgan futbolchilar uchun.

Mavsum davomidagi ko'plab jarohatlar ham Gvardiolaning tarkibi mukammal emasligini ko'rsatib qo'ydi. Qizig'i shundaki, klubning oldida bundan ham yomonroq qo'rquv bor. “Siti” ayni paytda APL jadvalida oltinchi o'rinda ketmoqda va chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishi ham so'roq ostida turibdi. Agar missiya uddalana olmasa, ana shunda “Siti” uchun haqiqiy dramatik mavsum bo'lgan bo'ladi.

Pep Gvardiola va sheyxlar yangi sovrinlar uchun o'zida kuch topa oladimi, yoki yo'qmi buni vaqt ko'rsatadi.