Gvardiola Angliya Kubogi finalidagi mag'lubiyatga izoh berdi
FOTO: Getty Images
Angliya kubogi
17.05.2025, Yak.
Kristal Pelas
1
Manchester Siti
0
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Kristal Pelas”ga qarshi Angliya Kubogi finalidagi 0:1 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
“Biz g'alaba qozona olmadik, chunki o'yin rejasi ish bermadi. Lekin men hech narsadan afsuslanmayman. Biz “Sautgempton”da kechagidan ham yomonroq o'ynadik.
Imkoniyatimiz bor edi, lekin raqib jarima maydonchasi ichidan juda ko'p o'yinchi bo'lsa, bu oson emas. Endi biz dam olamiz”, - deydi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, “Kristal Pelas” klub tarixida ilk bor Angliya Kubogi sohibiga aylandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist