locale OZ

Holand APLda urilgan gollar soni boʻyicha Ronalduni ortda qoldirdi

Norvegiyalik hujumchi «Kristal Pelas»ga qarshi bahsda dubl qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Holand APLda urilgan gollar soni boʻyicha Ronalduni ortda qoldirdi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
14.12.2025, Yak.
Kristal Pelas
0
Manchester Siti
3

Angliya Premer-ligasining 16-turi doirasida «Kristal Pelas» va «Manchester Siti» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Unda mehmonlar 3:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mazkur bahsda «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand dubl qayd etdi va Angliya Premer-ligasi jamoalari safida urilgan gollar soni bo‘yicha Krishtianu Ronalduning natijasini ortda qoldirdi.

Endilikda norvegiyalik futbolchining «Manchester Siti» tarkibida barcha turnirlarda o‘tkazgan 168 ta uchrashuvida 147 ta goli bor. Taqqoslash uchun, Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted» safida o‘ynagan davrida 346 ta o‘yinda 145 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Joriy mavsumda Erling Holand klub safida barcha musobaqalar doirasida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol urdi hamda 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting