Foden APLda soʻnggi toʻrtta oʻyinda oltita gol urdi
«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Fil Foden Angliya Premer-ligasida so‘nggi to‘rt uchrashuvda oltinchi golini urdi. APLning 16-turida ingliz futbolchisining aniq zarbasi «shaharliklar»ga «Kristal Pelas» ustidan yirik — 3:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.
Foden 69-daqiqada fransiyalik yarimhimoyachi Rayan Sherkining uzatmasidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ushbu o‘yindagi yana ikki gol «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand hisobiga yozildi.
Avvalroq Foden 15-turda «Sanderlend»ga qarshi bahsda (3:0) gol urgan, 14-turda «Fulhem» bilan o‘yinda (5:4) va 13-turda «Lids»ga qarshi uchrashuvda (3:2) dubl qayd etgan edi.
Ayni vaqtda Fil Foden APLning joriy mavsumida 7 ta gol bilan «Manchester Siti»ning ikkinchi to‘purari hisoblanadi. Jamoa safida eng ko‘p gol muallifi esa 17 ta aniq zarba bilan Erling Holand bo‘lib turibdi.