locale OZ

APL. «Man Siti» safarda «Kristal Pelas»ni yirik hisobda magʻlub etdi

Uchrashuvda Husanov zaxirada qoldirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Man Siti» safarda «Kristal Pelas»ni yirik hisobda magʻlub etdi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
14.12.2025, Yak.
Kristal Pelas
0
Manchester Siti
3

Angliya Premer-ligasining 16-turi doirasida «Kristal Pelas» va «Manchester Siti» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Unda mehmonlar to‘liq ustunlikka erishib, 3:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Hisob 41-daqiqada ochildi. Norvegiyalik hujumchi Erling Holand aniq zarbasi bilan «Manchester Siti»ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda «shaharliklar» bosimini kuchaytirdi va 69-daqiqada ingliz yarimhimoyachisi Fil Foden jamoasining ustunligini ikki barobarga oshirdi. Uchrashuv yakunida, 89-daqiqada Holand penaltidan gol urib, dublini rasmiylashtirdi.

Qayd etish joiz, oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.

Ushbu g‘alaba «Manchester Siti»ga mavsum davomida jamg‘arilgan ochkolar sonini 34 taga yetkazish imkonini berdi. Teng o‘yinlar sonida peshqadam «Arsenal»dan oradagi farq ikki ochkoni tashkil etmoqda. «Kristal Pelas» esa 16 uchrashuvdan so‘ng 26 ochko bilan turnir jadvalining beshinchi pog‘onasida joylashgan.

APL. 16-tur

«Kristal Pelas» — «Manchester Siti» 0:3

Gollar: Holand (41, 89), Foden (69).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting