locale OZ

Hoji Ahmad Husanov – «Dinamo» futbolchisi

Husonov “Dinamo” bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hoji Ahmad Husonov – “Dinamo” futbolchisi
Фото: Динамо ПФК

Superligada transfer oynasining so‘nggi kunida “Dinamo” jamoasi yana ikki nafar yosh o‘yinchini tarkibiga qo‘shib oldi.

Namangan futboli tarbiyalanuvchisi, so‘nggi mavsumlarda “Odil-Junior” safida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan Hoji Ahmad Husanov “Dinamo” bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi. Yarim himoyachi maydon markazidagi faolligi bilan ajralib turadi. 19 yoshli yarim himoyachi “Olimpik” safida Edem Nemanov, Behruz Karimov singari futbolchilar bilan birga to‘p surib, birga tanilgandi.

“Ishonamizki, Hoji Ahmad Husanov “Dinamo”dagi o‘yinlari orqali muxlislar ishonchini oqlab, jamoamiz g‘alabalariga munosib hissa qo‘shadi”, - deyiladi klub xabarida.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting