locale OZ

Harri Keyn: «Bizda bor bo‘lgan barcha narsani berishga tayyormiz»

Jahon chempionati finalida Angliya – Argentina uchrashuvi g‘olibini Ispaniya terma jamoasi kutib turibdi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Harri Keyn: «Bizda bor bo‘lgan barcha narsani berishga tayyormiz»
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
15.07.2026, Yak.
Angliya
1
Argentina
2

Angliya milliy terma jamoasi sardori va markaziy hujumchisi Harri Keyn ijtimoiy tarmoqlarida 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalidan o‘rin olgan Argentinaga qarshi bahs oldidan post qoldirdi.

«Bizda bor bo‘lgan barcha narsani berishga tayyormiz», — deb yozdi Keyn «uch sherlar»ning o‘yin oldi mashg‘ulotlaridan olingan suratlar ostida.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatining pley-off bosqichida inglizlar DR Kongo (2:1), Meksika (3:2) va Norvegiya (2:1) terma jamoalarini mag‘lubiyatga uchratgan edi. Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi mundialning joriy bahslarida 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Jahon chempionati finalida Angliya – Argentina uchrashuvi g‘olibini Ispaniya terma jamoasi kutib turibdi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting