locale OZ

Argentina ketma-ket ikkinchi marta Jahon chempionati finaliga chiqdi

Jahon chempionati finali 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Argentina ketma-ket ikkinchi marta Jahon chempionati finaliga chiqdi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
15.07.2026, Yak.
Angliya
1
Argentina
2

2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Angliya va Argentina terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Qizg‘in va murosasiz kechgan uchrashuv Argentinaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Hisobni 55-daqiqada Angliya hujumchisi Entoni Gordon ochdi. Argentina 85-daqiqada Enso Fernandesning goli evaziga muvozanatni tikladi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtning ikkinchi daqiqasida esa Lautaro Martines hal qiluvchi golni kiritib, janubiy amerikaliklarga final yo‘llanmasini taqdim etdi.

Shu tariqa, Argentina finalda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. 2026 yilgi Jahon chempionati finali 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Jahon chempionati–2026, yarim final
Angliya – Argentina 1:2
Gollar:
Gordon (55) — Fernandes (86), Lautaro Martines (90+2).

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting