Haris Haydarevich — «Dinamo» futbolchisi
Superligada mavsumning ikkinchi qismi boshlanishidan avval “Dinamo” jamoasi seleksiya jarayonini davom ettirmoqda.
Yozgi transfer oynasida “Dinamo” klubi Bosniya va Gersegovina mamlakatidan taklif etilgan Haris Haydarevich bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qilamiz. 27 yoshli yarimhimoyachi bilan klub o‘rtasida 2027 yil yakunigacha mo‘ljallangan 1,5 yillik kelishuv imzolandi. Bosniyalik legioner “Dinamo” safiga erkin agent sifatida qo‘shildi.
Haydarevich so‘nggi uch yil davomida Serbiyaning “Radnik” klubi sharafini himoya qilib, 107 ta o‘yinda 12 ta gol muallifiga aylangan va 1-iyul kuni jamoa bilan rasmiy ravishda xayrlashgan edi. U, shuningdek, bunga qadar Bosniyaning “Jeleznichar”, Turkiyaning “Boluspor” klublari sharafini ham himoya qilgan.