Gvardiola: “Man. Siti” joriy mavsum 14-o'rinni egallashi mumkin edi, ammo...”
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
19.04.2025, Yak.
Everton
0
Manchester Siti
2
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “shaharliklar”ning joriy mavsumdagi natijalari haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Chempionlar Ligasi uchun kurashish yomon emas deb o'ylayman. Agar shu to'rt-besh oy ichida yomonroq harakat qilganimizda Premyer-ligada juda past o'ringa tushib qolishimiz mumkin edi. Misol uchun 11, 12, 13 yoki 14-o'rinlar. Bunga shubham yo'q”, - deydi Gvardiola.
Ma'lumot uchun, “Manchester Siti” APL'ning 32-turidan so'ng 55 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. “Shaharliklar” o'zining navbatdagi o'yinini “Everton”ga qarshi o'tkazadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist