SofaScore: Abduqodir Husanov bugun asosiy tarkibda maydonga tushadi!
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
19.04.2025, Yak.
Everton
0
Manchester Siti
2
Bugun Angliya Premyer-ligasining 33-turidan o'rin olgan bahsda “Manchester Siti” safarda “Everton” mehmoni bo'ladi.
Uchrashuvdan oldin statistikalarga ixtisoslashgan bir qancha nashrlar jamoalarning taxminiy tarkiblarini e'lon qildi.
Jumladan, SofaScore nashri hamyurtimiz Abduqodir Husanov bugungi o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlashini taxmin qilmoqda.

Shuningdek, FotMob nashri ham Husanovni bugungi bahs uchun asosiy tarkibga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, “Everton” - “Manchester Siti” o'yini bugun, 19-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist