locale OZ

Muhim o'yinlar oldidan “Manchester Siti” jiddiy yo'qotishga uchradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Muhim o'yinlar oldidan “Manchester Siti” jiddiy yo'qotishga uchradi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
19.04.2025, Yak.
Everton
0
Manchester Siti
2

“Manchester Siti”ning asosiy darvozaboni Ederson Moraes jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda klub bosh murabbiyi Pep Gvardiola xabar berdi.

“Edersonning tiklanishi uchun qancha vaqt kerakligi hozircha noma'lum”, - deydi Gvardiola.

Ma'lumot uchun, braziliyalik darvozabon joriy mavsum barcha turnirlarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 47 ta gol o'tkazib yubordi va 9 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

“Manchester Siti” o'zining navbatdagi o'yinini APL'ning 33-turi doirasida “Everton”ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 19-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting