Gehi Norvegiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
Angliya terma jamoasi himoyachisi Mark Gehi JCH–2026 chorak finalida Norvegiyaga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda BBC xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi Angliyaning Meksika ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng sog‘lig‘ida muammo his qilgan. Dastlab terma jamoa tibbiy shtabi buni oddiy mushak charchog‘i deb baholagan va himoyachi keyingi uchrashuvgacha tiklanishiga umid qilgan.
Biroq keyingi tekshiruvlar natijasida Gehining son orqa qismi mushaklarida engil cho‘zilish aniqlangan. Shu sababli uning Norvegiyaga qarshi maydonga tushishi hozircha so‘roq ostida qolmoqda.
Futbolchining o‘yinda ishtirok etishi haqidagi yakuniy qaror u juma kuni bo‘lib o‘tadigan mashg‘ulotda qatnashishi yoki qatnashmasligiga qarab qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli Mark JCH–2026da Angliya terma jamoasining barcha beshta uchrashuvida maydonga tushgan.