Tuxel: «Har bir jamoa orzu qilish hamda chempionlik uchun kurashish huquqiga ega»
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Norvegiya hujumchisi Erling Xolandning «uch sherlar»ni 2026 yilgi jahon chempionatining yaqqol favoriti deb atagani haqida fikr bildirdi.
«Ular kutilganidan ham yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishmoqda. Menimcha, jamoaning o‘zi ham o‘zining qanchalik kuchli ekanini va dunyodagi istalgan terma jamoaga qanchalik muammo tug‘dira olishini yaxshi tushunadi. Ular buni amalda ham isbotlashdi.
Norvegiya juda kuchli jamoani — Braziliyani musobaqadan chiqarib yubordi. Shuning uchun endi hech qanday favoritlar haqida gapirishning o‘zi to‘g‘ri emas. Bu chorak final. Bu bosqichda barcha g‘alaba uchun o‘ynaydi va har bir jamoa orzu qilish hamda chempionlik uchun kurashish huquqiga ega», — dedi Tuxel The Telegraph nashriga.
2026 yilgi jahon chempionati chorak finalidan o‘rin olgan Angliya — Norvegiya uchrashuvi 12 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.