Xarri Keyn: Erling — aql bovar qilmas futbolchi
Angliyalik hujumchi raqibining sha’niga maqtovlar yog‘dirdi va Xolandning kuchli tomonlarini sanab o‘tdi.
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
11.07.2026, Yak.
Norvegiya
1
Angliya
2
Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn norvegiyalik forvard Erling Xolandning o‘yini haqida fikr bildirdi.
Angliyalik hujumchi raqibining sha’niga maqtovlar yog‘dirdi va Xolandning kuchli tomonlarini sanab o‘tdi.
«Erling — aql bovar qilmas futbolchi. Jismoniy jihatdan u haqiqiy mashina. U hujumlarni yuqori darajada yakunlaydi va urgan gollari statistikasining o‘zi hamma narsani aytib turibdi», — dedi Keyn.
Xarri Keyn «Bavariya» safida yorqin mavsumni o‘tkazdi. Hujumchi jamoasiga Bundesliga, Germaniya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritishda yordam berdi. JCH-2026 da esa Angliya 1/4 finalgacha yetib keldi. Ularning navbatdagi raqibi — Erling Xoland yetakchiligidagi Norvegiya terma jamoasi bo‘ladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor