Rays, Gehi va Jeyms Norvegiyaga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays hamda himoyachilar Mark Gehi va Ris Jeyms juma kuni o‘tkazilgan mashg‘ulotda jamoa bilan birga ishtirok etishdi.
The Athletic jurnalisti Jek Pitt-Brukning ma’lum qilishicha, uchala futbolchi ham juma kungi mashg‘ulotda umumiy guruh bilan to‘liq ishlagan.
Avvalroq Deklan Raysning sog‘lig‘ida kichik muammolar borligi, Mark Gehi esa son orqa qismidagi noqulaylik sabab bir necha kun davomida individual dastur asosida shug‘ullangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ris Jeyms esa guruh bosqichining ikkinchi turidan beri maydonga tushmagan.
Bu esa Deklan Rays, Mark Gehi va Ris Jeymsning 2026 yilgi jahon chempionati chorak finalida Norvegiyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushish ehtimolini ancha oshirgan.