locale OZ

Gasperini yozda “Roma”ni tark etadigan hujumchini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gasperini yozda “Roma”ni tark etadigan hujumchini e'lon qildi
FOTO: Getty Images

“Roma” klubi hujumchisi Artyom Dovbik yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Calcio in Pillole xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ukrainalik futbolchi rimliklarning yangi bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperinining rejalariga kiritilmagan. Dovbik allaqachon transferga qo'yilgani xabar qilinmoqda.

Qayd etilishicha, Gasperini o'z hujumchilaridan yuqori bosim yaratishni, harakatchan bo'lishni va o'yin davomida bir joyda turmasligini istaydi. Jamoadagi o'rnini saqlab qolish uchun Dovbikka mana shu fazilatlar yetishmaydi.

Ma'lumot uchun, Dovbik joriy mavsum A Seriyada 32 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting