Gasperini 9 yillik faoliyatidan so'ng “Atalanta”ni tark etishga qaror qildi
FOTO: Getty Images
Italiyaning “Atalanta” klubi bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini o'z lavozimini tark etishga qaror qildi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 67 yoshli mutaxassis klub rahbarlarini ketishi haqida allaqachon xabardor qilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi.
Fevral oyida Gasperini shartnomasi uzaytirish niyatida emasligini aytgan, biroq joriy mavsum oxirigacha klubda qolish-qolmasligiga aniqlik kiritmagan edi.
Qayd etilishicha, “Roma” Jan Pyero Gasperiniga yiliga 5 million yevro maosh bilan 2028-yilgacha shartnoma taklif qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Gasperini 2016-yildan buyon “Atalanta”ni boshqarib kelmoqda. Bu davr ichida u jamoa bilan bir bor Yevropa Ligasida g'olib chiqqan (2024).
Nasrullo Karimov
Jurnalist