locale OZ

FIFA 'Navbahor'dan transfer taqiqini olib tashladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA 'Navbahor'dan transfer taqiqini olib tashladi
Photo: UzPFL

FIFA "Navbahor" futbol klubiga nisbatan joriy etilgan transfer taqiqini bekor qildi.

Ushbu taqiqlovchi chora futbolchi Giorgi Nikabadzening maoshini o‘z vaqtida olmagani sababli qo‘yilgan edi. Bu haqda O'zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

Namanganliklar hozirda o‘zbekistonlik futbolchilar oldidagi qarzdorlikni bartaraf etish jarayonini boshlagan. O'zPFL mazkur jarayonni yaqindan nazorat qilmoqda va muammo bartaraf etilishiga doir monitoring olib bormoqda.

Klub va futbolchilar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, qarzdorlik shu yilning 1-iyul sanasigacha yopilishi lozim edi. Ushbu muddat viloyat hokimligi tomonidan berilgan kafolat xatida ham aniq ko‘rsatilgan, deyiladi O‘zbekiston professional futbol ligasi bayonotida.

Shuningdek, sobiq murabbiy va boshqa mahalliy futbolchilar oldidagi moliyaviy majburiyatlar ham hal etilishi rejalashtirilgan. Liga ushbu masalalarni ham o‘z nazoratida ushlab, jarayonning ochiq va shaffof bo‘lishiga alohida e’tibor qaratayotganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun "Navbahor" uch bosqichda ish olib borishi lozimligi ilgari ta’kidlangan edi. Mazkur transfer oynasi 30-iyul kuni yakunlanadi. Agar muammolar hal etilmasa, klub yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting