locale OZ

FIFA kunlari sabab O'zbekiston Superligasining 12-turi sanalari o'zgaradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA kunlari sabab O'zbekiston Superligasining 12-turi sanalari o'zgaradi
FOTO: UZPFL

2-10-iyun sanalari FIFA kunlari sifatida belgilangan bo‘lib, uning doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5-iyun kuni Abu Dabida BAA hamda 10-iyun kuni Toshkentda Qatar termalariga qarshi maydonga tushadi.

BAA bilan uchrashuv mamlakat futboli tarixiga kirishi mumkin. Mazkur uchrashuvdagi durang natija ham jamoamizni mundial sari yetaklaydi. Shundan kelib chiqib, bosh murabbiy Temur Kapadze Abu Dabidagi bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishni rejalashtirgan. Jumladan, terma jamoamiz safarga odatdagidan ertaroq yo‘l olib, tayyorgarlikni Amirliklarda davom ettirishni maqsad qilgan.

Ma’lumki, may oyining so‘nggi 10 kunligida legioner futbolchilar ham terma lageriga ertaroq yetib kelishi mumkin. Bu o‘z navbatida Kapadzega jamoani ertaroq yig‘ish imkoniyatini taqdim etadi. Shundan kelib chiqib, Assotsiatsiya va Liga o‘zaro kelishgan holda Superliganing 12-tur bellashuvlarini ham FIFA kunidan keyinga ko‘chirishga qaror qildi. Bu o‘z navbatida Superligada ishtirok etayotgan futbolchilar terma ixtiyoriga ertaroq yetib borishini ta’minlaydi.

O‘zgargan taqvim reja bilan mana shu havola (birinchi yarim yillik, ikkinchi yarim yillik) orqali tanishib olishingiz mumkin. Bunda Superliga o‘yinlarining dam olish kunlariga to‘g‘ri kelishi va kubok uchrashuvlari hafta o‘rtasida bo‘lib o‘tishi prinsipi saqlab qolingan bo‘lib, mamlakat kubogining ¼ final bosqichi avgust oyiga ko‘chirilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting