locale OZ

Fevzi Davletov: «Yutish uchun gol zarur. Vaziaytlardan foydalanishimiz shart»

"Surxon" bosh murabbiyi "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fevzi Davletov: «Yutish uchun gol zarur. Vaziaytlardan foydalanishimiz shart»
Фото: Андижон ПФК

Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” - "Surxon" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirdi.

O‘yin haqida

- Men o‘yinni ikki xil bo‘limga bo‘lar edim. Birinchi bo‘limda jamoa balandroq o‘ynadi va raqib darvozasiga yaqinroq harakat qildi. Biz vaziyatlar yaratishga harakat qildik, ko‘rdikki, raqib darvozasiga yaqinlashuvlar bo‘ldi, lekin hujumlarni yakunlashda oxirgi pas bilan muammolar kuzatildi.

Ikkinchi bo‘limda esa ko‘proq himoya haqida o‘ylashga to‘g‘ri keldi. O‘yinni kuchaytirish uchun o‘zgarishlar qilmoqchi bo‘ldik, ammo bu amalga oshmadi. Afsuski, so‘nggi vaziyatda, gol o‘tkazib yuborganimizda, himoya Sergeevni nazoratdan chiqarib qo‘ydi. Bunday o‘yinlarni yutish uchun gol urish kerak. Biz ketma-ket uchinchi o‘yinda gol ura olmayapmiz.

- Fevzi Rizaevich, siz o‘zingiz professional futbolchi bo‘lgansiz va yuqori darajada o‘ynagansiz. Sergeevning goli bo‘lgan so‘nggi vaziyatni qanday baholaysiz?

- Himoyachilar oxirigacha ishlamadi. Bunday vaziyatda himoyachi doimo futbolchi bilan birga o‘ynashi kerak. Men tanaffusda himoya chizig‘ini baland ko‘tarmaslik kerakligini aytgan edim. Biz bu holatni tahlil qilamiz va kerakli xulosalarni chiqaramiz.

- Bugun Surxonda bir nechta yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Xususan, Jumayevning uzoq masofadan bergan zarbasi darvoza to‘siniga tegdi. Ammo jamoa ketma-ket uchinchi o‘yinda gol ura olmayapti. Bu nimaga bog‘liq?

- O‘zingiz ham juda yaxshi bilasiz, so‘nggi mavsumlarda bizning futbolchilar qancha gol urgani. Lekin faqat bitta Rustam Turdimurodovga umid qilib bo‘lmaydi. Boshqalar ham yordam berishi kerak. Bu – jamoaviy o‘yin. O‘ynash va yutish uchun gol urish zarur. Vaziyatlardan foydalanish shart.

- Jamoa sardori Behzod Shamsiyev bugun tayanch yarim himoyachi pozitsiyasiga qaytdi. U ancha vaqtdan beri bu zonada o‘ynamagan bo‘lsa-da, bugun yaxshi taassurot qoldirdi. Uning o‘yini bo‘yicha baho bering?

- Jamoaning ikki markaziy yarim himoyachisi jarohat sabab safdan chiqdi. Shuning uchun biz Shamsiyev tayanch zonada o‘ynashiga kelishdik. Aslida, bu pozitsiya unga begon emas. Menimcha, u bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting