locale OZ

Fevzi Davletov: «Jangovar durang bo‘ldi»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fevzi Davletov: "Jangovar durang bo‘ldi"
Photo: Surkhan PFK

Superliga 17-turidan o‘rin olgan "Xorazm" - "Surxon" (2:2) uchrashuvidan so‘ng termizliklar ustozi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi

“Bugun uch xil toifada o‘yin ko‘rsatdik. Jamoamizdan futbolchi chetlatilgunga qadar yaxshi harakat qilayotgandik. Hakam qizil kartochka ko‘rsatganidan keyin o‘yinimiz boshqa tomonga o‘zgardi. Raqib jamoa ham bir kishi kam bo‘lib qolgach, yana hujumga o‘tishni boshladik. Jangovar durang bo‘ldi, ikkala jamoa ham g‘alaba uchun harakat qildi. Qo‘lga kiritilgan bir ochko bilan yigitlarni tabriklayman. Chiroyli o‘yin o‘tkazdik”, - deya Davletovning so‘zlaridan keltiradi klub rasmiy sayti.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting