Fevzi Davletov: \"Bu g'alaba biz uchun juda zarur edi\"


Jamoamiz bosh murabbiyi Fevzi Davletov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi
O‘yin haqida
- Bu g‘alaba biz uchun juda zarur edi. Sho‘rtan bilan o‘yindagi natijada o‘zimiz aybdormiz. Bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Birinchi bo‘lim juda sifatli bo‘ldi. Ikkala jamoa ham tezroq gol urishga harakat qildi. Tanaffusdan keyin gol urdik, ikkinchi golni ham urishimiz mumkin edi. Vaziyatlarimiz ham yetarlicha bo‘ldi. Gol urmaganimizdan so‘ng asabiylasha boshladik. Keyin esa hisobni saqlab qolishga harakat qildik. Yigitlar barcha ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajardilar. Birinchi davraning safar uchrashuvlaridagi dastlabki g‘alabamizni qo‘lga kiritdik
- "Sho‘rtan"ga qarshi o‘yindan so‘ng tayyorgarlikda va taktikada qandaydir o‘zgarishlar qilganmisiz?
- Ha, o‘zgarish qilsa bo‘lardi, ammo biz himoyada mustahkamroq o‘ynashimiz kerak edi. Oddiy vaziyatlarda xatolarga yo‘l qo‘ydik va achinarli tarzda mag‘lub bo‘ldik. Bugun esa biz g‘alaba qozona oldik
- Iqtidorli Asilbek Jumayev maydonda katta hajmdagi ishni bajaradi, ammo so‘nggi yarim yil davomida Jumayevda realizatsiya masalasida muammolar kuzatilayotgandi. Bugungi gol, yosh futbolchiga yana-da ko‘proq gol urishda yordam bera oladimi?
- U ko‘p mehnat qiladi, ammo realizatsiya – muhim jihat. Masalan, Yevropa futboliga qarang, vingerlar bir mavsumda nechta gol uradi. Ushbu jihat ustida yana-da ko‘proq ishlashi kerak. Ko‘proq gol ursa, men faqat xursand bo‘laman. Asilbek bugun yaxshi paslarni ham amalga oshirdi
- O‘tgan o‘yinlarda jamoada realizatsiya masalasida katta muammolar kuzatilgan edi. Bugungi o‘yinda ham “Surxon” vaziyatlardan foydalanishda qiyinchiliklarga duch keldimi?
- Biz har doim yetarlicha vaziyatlar yarata olyapmiz. Endi “Buxoro”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Shundan so‘ng, realizatsiya masalasida ish olib boramiz. Bu ishga jiddiy yondashishimiz kerak bo‘ladi", - deydi Davletov.

Futbol
Kecha da 17:22

Futbol
Kecha da 15:36

Futbol
Kecha da 14:12