locale OZ

\"Fenerbahche\" va \"Yuventus\" Dovbikni sotib olmoqchi

Futbolchining transfer bahosi 30 million yevroni tashkil qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Fenerbahche" va "Yuventus" Dovbikni sotib olmoqchi
Photo: Getty Images

"Roma" hujumchisi Artyom Dovbik transfer oynasi vaqtida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Football Italia xabariga ko‘ra, "Yuventus" va "Fenerbahche" klublari ukrainalik hujumchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Roma" ham Dovbik bilan xayrlashishga tayyor.

Futbolchining transfer bahosi 30 million yevroni tashkil qilmoqda.

Biroq futbolchining yuqori maoshi ushbu transfer amalga oshishiga to‘siq bo‘lishi mumkin. Dovbik yangi jamoasida ham yiliga 5,5 mln yevro maosh olishni istamoqda.

O‘tgan mavsumda Artyom "Roma" safida barcha turnirlarda 45ta o‘yinda 17ta gol urgan va 4 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting